Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior afsonaviy hamyurti Ronaldo bilan suhbati haqida gapirdi.
Ikki karra jahon chempioni “Los-Blankos”da ham o'ynagan va Vinisius o'z o'yinini mashhur sobiq forvard bilan tez-tez muhokama qilishini tan oldi.
“Ronaldo menga doim qo'ng'iroq qiladi va maslahat beradi, u menga ko'p narsani o'rgatadi. Bir kuni u menga yakkama-yakka vaziyatlarda darvozabonni mag'lub etishni yoqtirishini aytdi, men bu haqda ko'p o'yladim va shu jihat ustida qattiq ishlay boshladim.
Endi darvozabon bilan yakkama-yakka chiqsam, o'zimni dunyodagi eng xotirjam yigitdek his qilyapman. Ronaldo bilan bo'lgan o'sha suhbatdan so'ng men bunday vaziyatda xato qilishdan qo'rqishni bas qildim", - deydi 23 yoshli braziliyalik.