Seshanba kuni yarim himoyachi Toni Kroos Evropa chempionatidan keyin faoliyatini yakunlash qarorini e'lon qildi.
Relevo o'z sahifalarida xabar berishicha, Kroos 11-12 may kunlari futboldagi faoliyatini tugatishga qaror qilgan.
Dastlab futbolchi bu haqda faqat yaqinlarini xabardor qilgan. “Real” futbolchilari haqida gapiradigan bo'lsak, Kroos faoliyatini yakunlash masalasini faqat Luka Modrich bilan muhokama qilgan.
Karlo Anchelottiga kelsak, "Los-Blankos" bosh murabbiyi nemisning bu qaroridan faqat bir necha soat qolganida xabar topdi.
Aytish joizki, Toni Kroos futbolni ancha erta – 34 yoshida tark etadi.