Sobiq "Real" ustozi va Myunxenning "Bavariya" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Chempionlar Ligasi chorakfinal o'yinida (4:2)hakamlar myunxenliklarga nisbatan adolatsiz qaror qabul qilganini aytib o'tdi.
"Bavariya"ning "Real"ga qarshi javob o'yinida adolatsizlik ro'y berdi. Lekin tarixda "Real" "Bavariya" mag'lub etgani qoladi va nuqta. Bu o'yinda nimalar yuz berganini butun dunyo ko'rdi. Futbolga takroriy lahvalarni joriy etish payti keldi." - deydi Anchelotti.
Eslatib o'tamiz, "Real" va "Bavariya" CHL chorakfinal javob o'yinida myunxenliklar "Bernabeu"da 1:2 hisobida g'alaba qilayotgan bir paytda hakam "Bavariya" futbolchisiga qizil kartochka ko'rsatib maydondan chetlatdi va natijada qo'shimcha daqiqalarda "Real" 4:2 hisobida g'alaba qozondi.