Madridning “Real” klubi himoyachisi Dani Karvaxal yarim himoyachi Toni Kroosning Evro-2024dan keyin faoliyatini yakunlash haqidagi qaroriga munosabat bildirdi.
"Bizning birgalikdagi chiqishlarimizni doim faxr bilan eslayman. Bir kun kelib bolalarimga maydonda erishgan yutuqlarimizni aytib beraman.
Jamoa uchun qilgan barcha ishlaringiz uchun rahmat. Siz ilhomlantiruvchi edingiz. Ammo bizda hali tugallanmagan yana bir ishimiz bor, iloji boricha iliq xayrlashishimiz kerak", — deyiladi ispaniyalikning ijtimoiy tarmoqlardagi xabarida.