Madridning “Real” klubi futbolchisi Federiko Valverde Toni Kroosning ketishi haqidagi fikrlarini aytdi.
"Har birimizning bolaligimizda kumirimiz bor edi. Biz o'sha odamni televizorda ko'rib: "Men xuddi shunday bo'lishni xohlayman" deb o'ylardik.
Men ham shunday bolalardan biri edim va o'z kumirim bilan o'ynash orzumni amalga oshirishga muvaffaq bo'ldim. Bu g'alati tuyg'u, lekin shuni aytishim kerakki, men siz bilan yana o'n yil o'ynashni xohlardim. Siz doimo meni hayratda qoldirgan inson bo'ldingiz", - deya Valverdening so'zlarini keltiradi Madrid Xtra.