Yarim himoyachi Luka Modrich jamoadoshi Toni Kroosning ketishi haqidagi xabarga izoh berdi.
“Bu haqda yozish qiyin. Futbol olami qayg'uda, chunki tarixni o'zgartirgan futbolchi ketmoqda. Tan olaman, men ham juda xafaman. Siz "Real Madrid" va ushbu sportning afsonasisiz. Men siz bilan o'ynashni yoqtirardim va siz bilan "Real Madrid"da yarim himoyani baham ko'rish katta sharaf edi.
Sizni o'ziga xos, o'zgacha futbolchi qiladigan fazilatlaringiz bor. Hech qachon boshqa Toni Kroos bo'lmaydi. Unutilmas Evropa oqshomlari, sovrinlar yutish, Bernabeu sehri.
Klubda o'tgan bu oltin vaqt xotiramizda abadiy qoladi. Siz hamma narsaga erishdingiz, ammo bizda yana bitta muhim maqsad bor - biz 15-marta Chempionlar ligasi kubogi uchun ketyapmiz. Seni sog'inaman, do'stim”, — deb yozdi Modrich ijtimoiy tarmoqlarda.