"Bayer" bosh murabbiyi Xabi Alonso Toni Kroosning qarori haqida o'z fikrini aytdi. 34 yoshli germaniyalikning "Real" safidagi so'nggi o'yini Chempionlar ligasi finalida Dortmundning "Borussiya"siga qarshi o'yin bo'ladi.
Yarim himoyachi yozda, Germaniya terma jamoasi uchun uy Evro-2024 yakuniga etganida futbol bilan xayrlashadi.
"Bu to'g'ri qaror. Men uni tushunaman, u futbolni eng yuqori cho'qqisida tugatadi, Germaniya esa Evrodagi o'yinidan zavqlana oladi. Kroos - ajoyib futbolchi, hamma uchun namuna. U butun bir avlodni belgilab berdi”, dedi ispaniyalik.