Toni Kroos butsalarini mixga osib qo'yish qarorini e'lon qildi.
Germaniyalik yarim himoyachi futbolchilik faoliyatini ancha erta - 34 yoshida yakunlaydi. Kroos Germaniya terma jamoasida o'z uyida bo'lib o'tadigan Evropa chempionatida o'ynaganidan so'ng yozda futbolchilik faoliyatini yakunlaydi.
Kroosning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasidagi izohlarda mashhur basketbolchi Luka Donchich fik qoldirdi.
U Tonini futbolni tark etish qarorini qayta ko'rib chiqishga chaqirdi. “Yo'q, yo'q, Toni, qol!” - deb yozgan Donchich.