Himoyachi Leni Yoro yozgi transfer oynasida "Lill"dan "Real"ga emas, balki "PSJ"ga o'tishi mumkin. Liga 1 giganti Yoroning 50 million evro evaziga "Lill" bilan printsipial kelishuvga erishgan.
"PSJ" "Lill" bilan kelishuvga erishdi, ammo futbolchining o'zi bilan kelisha olmagan ko'rinadi. Manbaning ta'kidlashicha, 18 yoshli himoyachi "Real"ga o'tishni afzal ko'rmoqda. Endi Madrid klubi o'z so'zini aytishi kerak.
Oldinroq matbuotda "Real" Yoro uchun ortiqcha pul to'lash niyatida emasligi, chunki uning amaldagi shartnomasi faqat 2025 yilning yoziga qadar tuzilgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.