Toni Kroos futbolchilik faoliyatini yakunlagani haqida gapirdi.
Madridning “Real” klubi va Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Evropa chempionatidan so'ng professional faoliyatini yakunlaydi.
"Real Madrid o'yinchisi sifatida tanishtirilgan kun, hayotimni o'zgartirgan kun. Futbolchi sifatidagi hayotim, lekin ayniqsa inson sifatidagisini ham. Bu dunyodagi eng katta klubda yangi bobning boshlanishi edi.
10 yil o'tib, mavsum oxirida bu bob tugaydi. Men bu nihoyatda muvaffaqiyatli davrni hech qachon unutmayman! Meni ochiq yurak bilan qabul qilgan va ishonch bildirgan barchaga alohida rahmat aytmoqchiman. Lekin, ayniqsa, sizga, aziz madridistlar, birinchi kundan to oxirgi kungacha bo'lgan mehr va muhabbatingiz uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman.
Futbolchi sifatidagi faoliyatim shu yozda Evropa chempionatidan keyin yakunlanadi. Har doim aytganimdek, "Real" mening so'nggi klubim bo'lgan va shunday bo'lib qoladi. O'z qarorim uchun to'g'ri vaqtni tanlaganimdan va buni mustaqil ravishda amalga oshirishim mumkinligidan xursandman va faxrlanaman. Maqsadim har doim o'z qobiliyatlarim cho'qqisida faoliyatimni yakunlash bo'lgan.
Endi menda faqat bitta asosiy fikr bor: 15-Chempionlar ligasi kubogi sari olg'a! Hala Madrid!" – deydi Kroos.