“Lill” markaziy himoyachisi uchun kurashda Frantsiyaning “PSJ” jamoasi etakchilik qilyapti. 18 yoshli Leni Yoroga avvalroq "Real Madrid" qiziqish bildirayotgan edi, biroq frantsiyalik futbolchi endi Luis Enrike jamoasiga o'tishga yaqinroq.
Yoroning o'zi kelasi yozda "Real Madrid"ga o'tmoqchi ekani avvalroq xabar qilingandi. Biroq, Qirollik klubi so'nggi paytlarda o'z qiziqishlarini sovitib yubordi, chunki u ba'zi himoyachilarning rejalari haqida qaror qabul qilmagan.
Yoroning “Lill” bilan shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etadi. Shu boisdan ham futbolchi yaqinlashib kelayotgan mavsum oralig'ida arzonlashtirilgan narxda sotilishiga tayyor bo'ladi.