"Real Madrid" prezidenti Florentino Peres seshanba kuni ertalab Parijga uchib ketdi. Uning tashrifidan maqsad FIFA tashkil topganining 120 yilligiga bag'ishlangan tadbirdir.
Kechqurun Peres Madridga qaytadi. AS nashrining yozishicha, Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron Florentino Peres bilan uchrashishga ulgurishni rejalashtirgan.
Frantsiya rahbari “Real Madrid” prezidenti bilan Kilian Mbappening futbol bo'yicha Olimpiada turnirida ishtirok etish imkoniyatini muhokama qilmoqchi.