Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Aurelien Tchuameni Dortmundning “Borussiya”siga qarshi Chempionlar ligasi finalini o'tkazib yuboradi, deb xabar bermoqda Marca.
24 yoshli frantsiyalik futbolchi yarim finalning "Bavariya"ga qarshi javob uchrashuvida olgan jarohatidan forig' bo'lishga ulgurmaydi.
Tchuameni tez tiklanish uchun hamma narsani qildi, ammo jarohat kutilganidan jiddiyroq bo'lib chiqdi.