Ispaniya matbuoti "Real Madrid"ning Chempionlar ligasi final o'yini uchun tarkibiga oid muhim ma'lumotlarni e'lon qildi.
Marca gazetasining xabar berishicha, "Los-Blankos" murabbiylar shtabi belgiyalik darvozabon Tibo Kurtuaga imkon beradi, ukrainalik Andrey Lunin esa zaxirada qolishga qaror qilgan.
Eslatib o'tamiz, Kurtua tizzasidan olgan jarohati tufayli deyarli butun mavsumni o'tkazib yubordi.
Lunin ushbu mavsumdagi aksariyat o'yinlarni o'tkazdi, ammo Chempionlar ligasining hal qiluvchi o'yinida "Real" tajribaliroq belgiyalikka imkon berishga qaror qildi.