Marca nashrining anonim manbalarga tayanib xabar berishicha, "Real"ning asosiy futbolchisi Chempionlar ligasi finalida ishtirok eta olmaydi.
Klub 9 may kuni rasmiy bayonot orqali Aurelien Tchuameni jarohat olganini tasdiqlagandi.
"Real Madrid tibbiyot xizmatining bugun Aurelien Tchuameni ustidan o'tkazgan tekshiruvlaridan so'ng, uning chap oyog'ida jarohati borligi aniqlandi.
24 yoshli futbolchi formada bo'lish uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qilmoqda, ammo uning jarohati "Uembli"da o'ynashga imkon bermaydi va endi uning maqsadi Frantsiya terma jamoasi bilan Evropa chempionatida ishtirok etish bo'ladi.