Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

"Real Madrid" TV huquqlaridan mo'maygina summa ishlab oladigan bo'ldi

Klub katta foyda ko'radigan bo'ldi. 

.
- Yuklab olish

"Real Madrid" La Ligadagi eng uzoq mag'lubiyatsiz seriya bo'yicha klub rekordini o'rnatdi. 24 sentyabrdan beri madridliklar La Ligada 31 o'yindan beri mag'lub bo'lmagan, 24 marta g'alaba qozongan va 7 marta durang o'ynagan.

Mundo Deportivo xabariga ko'ra, "Real Madrid" bu mavsumda La Liga televideniesi huquqlaridan tushgan mablag'dan jami 143 million evroni cho'ntagiga oladi.

Bu mavsumda La Liga televidenie huquqlari uchun 1500 million evro atrofida mablag' taqsimlashi kutilmoqda. Shundan 8,5 foizi (taxminan 127 million evro) professional bo'lmagan futbol va boshqa sport turlariga yordam sifatida beriladi.

Qolgan mablag' (taxminan 1373 million evro) ikki qismga bo'lingan. Dastlabki 50%, ya'ni 750 million evro, summa La Liganing barcha 20 klubi o'rtasida teng taqsimlanadi, har bir jamoa 37,5 million evro oladi.

Ammo qolgan qismi (taxminan 623 million evro) har bir jamoaning jadvaldagi yakuniy o'rniga ko'ra foiz asosida taqsimlanadi. Shunday qilib, chempion "Real Madrid" umumiy summaning 17 foizini oladi.

Boshqa kichik bonuslarni hisobga olganda "Real Madrid" 143 million evro ishlab oladi.

BestMaster
20 May 2024, 17:00
madrid, huquqlaridan, momaygina, summa, ishlab, oladigan, boldi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads