"Barselona" bu mavsumda La Ligada ikkinchi o'rinni egallagani uchun 130 million evro oladi. Chempion "Real" 143 million evroga ega chiqadi.
Mavsum oxirida La Liga 20 ta klub o'rtasida televidenie huquqlaridan olingan taxminan 1,5 milliard evroni taqsimlaydi. Ushbu pulning 50 foizi (750 million evro) divizionning 20ta klubi o'rtasida teng taqsimlanadi.
Qolgan 50% natijalarga va klubning mavsum oxiridagi o'rinni egallashiga qarab taqsimlanadi. "Real Madrid" ushbu pulning 17 foizini turnirdagi g'alaba uchun ishlab oladi.
Uchinchi o'rin uchun “Jirona” 118 million evro, kuchli to'rtlikni yakunlagan “Atletiko” esa 106 million evro bilan cheklanadi.