Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Aurelien Tchuameni 1 iyun kuni Londonda Dortmundning “Borussiya” jamoasiga qarshi bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi final uchrashuvida ishtirok eta olmaydi. Bu haqda Ispaniyaning Marca nashri xabar bermoqda.
Tchuameni chap oyog'ida stress jarohati tashxisi qo'yilgan. Frantsiyalik futbolchi Chempionlar ligasi yarim finalining "Bavariya" bilan javob o'yinida (2:1) jarohat olgandi.
Aurelienning joriy Chempionlar ligasi finaliga o'z vaqtida qaytishga ulgurmayapti, shu bois u bor e'tiborini Evro-2024 uchun tiklanishga qaratgan.