"Real" yarim himoyachisi Arda Gyuler jamoaga moslashishi haqida gapirdi.
"Men jamoaga to'liq moslashdim. Men klubdagi hamkasblarim, murabbiy va barcha muxlislarga qo'llab-quvvatlaganliklari uchun rahmat aytmoqchiman. Men o'ynamagan paytlarimda Anchelotti doim men bilan gaplashib, sabrli bo'lishni, ishlashda davom etishimni maslahat berardi, keyin mening vaqtim keladi", — dedi Gyuler.
Bungacha turkiyalik futbolchi ketma-ket uchta o'yinda to'rtta gol urgandi.
Eslatib o'tamiz, 19 yoshli Arda Gyuler o'tgan yozda "Fenerbaxche"dan "Real"ga o'tgan edi. "Los Blankos"da bu mavsumda yana ikkita o'yin bor. 25 may kuni ular o'z maydonida "Real Betis"ni qabul qilsa, 1 iyun kuni "Uembli"da Chempionlar ligasi finalida Dortmundning "Borussiya" jamoasi bilan uchrashadi.