Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Vilyarreal”ga qarshi La Liganing 37-tur uchrashuvidagi durang natija haqida fikr bildirdi.
Uchrashuv 4:4 hisobida yakunlandi.
“Bu o'yinda maqsadimiz ochko emas, yaxshi o'yin ko'rsatish edi. Bundan tashqari, jarohatlardan qochish kerak edi.
O'ylaymanki, biz o'z vazifamizni bajardik. Bu ochiq o'yin bo'ldi, Chempionlar ligasi finali oldidan hech qanday tashvishim yo'q.
Ha, kerak bo'lgandan ko'ra ko'proq gol o'tkazib yubordik, ammo hujumda jamoa o'zini eng yaxshi ko'rsatdi", - deya murabbiyning so'zlarini keltiradi Bein Sports.