"Barselona" bosh murabbiyi Xavi La Liganing 37-turi doirasida "Rayo Valekano"ni mag'lub etganidan so'ng (3:0) "Real"ni Ispaniyada ishonchli chempion bo'lgani bilan tabrikladi.
"Real Madrid"ni tabriklayman, Madrid klubi ajoyib chempionlikka erishdi. Biz ularga qarshi kurasha olmadik. Ikkinchi o'rin - minimal vazifa. Biz Superkubokda o'ynaymiz. Men qoniqdim", - dedi Xavi Marca bilan suhbatda.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" 82 ochko jamg'argan. Kataloniya jamoasi La Liga mavsumi yakunida ikkinchi o'rinni kafolatladi.