Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Vilyarreal"ga qarshi Ispaniya chempionati 37-tur uchrashuvida (4:4) norvegiyalik forvard Aleksandr Syorlotning Madrid klubiga qarshi o'yindagi pokeri haqida fikr bildirdi.
"Syorlotning pokeri? Bugun barcha himoyachilarimiz bundan aziyat chekishdi" - dedi Anchelotti o'yindan keyingi matbuot anjumanida.
Joriy mavsumda 28 yoshli norvegiyalik forvard klub safida barcha turnirlarda 40ta o'yin o'tkazib, 26ta gol va 6ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. La Liga to'purarlari ro'yxatini 23 ta gol bilan Syorlot boshqarib turibdi.
Eslatib o'tamiz, Madridning “Real” klubi muddatidan avval Ispaniya chempioniga aylangandi. "Vilyarreal" 52 ochko bilan turnir jadvalida sakkizinchi o'rinda bormoqda.