"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino Madrid sudidan chaqiruv oldi.
Mutaxassis "Real" klubida ishlagan davrida 3,3 mln evro miqdoridagi soliqni to'lamaganlikda gumonlanmoqda. Goal xabariga ko'ra, endi u 3 noyabr kuni sud oldida javob berishi kerak.
Madrid prokuraturasi ma'lumotiga qaraganda, Joze Mourino 2011 yilda imij huquqlarini sotishdan olgan daromadidan 1,6 mln evro, 2012 yilda esa 1,7 mln evro soliq to'lamagan.