Zinedin Zidan "Bavariya"ni boshqarmaydi.
Bild nashri xabariga ko'ra, Myunxen klubi boshqa murabbiylarning rad javobiga qaramay, frantsiyalik mutaxassisni tayinlash variantini ko'rib chiqmayapti. Bu ma'lumotni Sky Sport tasdiqladi.
Uch hafta oldin, "Bavariya" faxriy prezidenti Uli Xeness "Ishonchim komilki, hech kim Zinedin bilan muzokara o'tkazmagan" - degandi.
Zidan 2021 yilda “Real”dan ketganidan beri hech qaysi jamoa bilan ishlamagan.