Madridning "Real" klubi yaqin orada o'zining xorvatiyalik yarim himoyachisi Luka Modrich bilan shartnomani bir yilga uzaytiradi.
Ispaniyaning AS nashri xabariga ko'ra, klub rahbariyatining bunday qarorga kelishiga Karlo Anchelottining tavsiyasi sabab bo'lgan. U futbolchi hali jamoaga kerak bo'lishini tushuntirgan.
Eslatib o'tamiz, Modrich "qirollik klubi"ga 2012 yilda "Tottenxem"dan kelib qo'shilgandi.