Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti markaziy himoyachi Eder Militaoning holati haqida gapirdi.
Italiyalik mutaxassis braziliyalikning 1 iyun kuni Dortmundning "Borussiya"siga qarshi o'yinida asosiy tarkibda maydonga tushishi ehtimolini baholadi.
“Militao Chempionlar ligasi finalida asosiy tarkibda maydonga tushadimi? Agar u 100% tayyor bo'lmasa, tavakkal qilmayman.
Biroq, Eder tiklanishga juda yaqin. U ertangi “Vilyarreal”ga qarshi bahsda maydonga tushadi. Keyin hammasi qanday ketayotganini ko'rib chiqamiz”, dedi Anchelotti matbuot anjumanida.