"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino "Real"dagi faoliyati davomida daromadini soliqdan yashirganlikda ayblanmoqda.
Ilgari surilayotgan ayblovga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis 3,3 mln evro miqdorida soliq to'lamagan. Joze Mourino mazkur ish bo'yicha 3 noyabr kuni Ispaniyaga tashrif buyuradi va sudda ko'rsatma beradi, deya xabar tarqatdi Goal.com.
Mourino "Real"ni boshqargan paytda 2011 yilnng iyun oyidan 2013 yilning may oyiga qadar 26 mln evro soliq to'lagan. Portugaliyalik murabbiy 2011 yilda 1,6 mln evro, 2012 yilda esa 1,7 mln evro soliq to'lashdan bosh tortish maqsadida xiyla ishlatgan. Mutaxassis mazkur daromadni imij huquqlarini sotishdan olgan.