"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich jamoada qolish niyatida.
Jurnalist Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqdagi postlariga ko'ra, 38 yoshli xorvatiyalik yarim himoyachi "qirollik klubi" uchun ikkita yirik taklifni rad etgan.
Luka "Los Blankos" bilan yangi shartnoma imzolashni kutmoqda. Modrich va "Real" o'rtasidagi amaldagi shartnoma kelasi yozda yakuniga etadi.