«Real» yarim himoyachisi Luka Modrichning manfaatlarini himoya qiluvchi agent Vlado Lemich mijozining kelajagi haqida gapirdi.
«Katta ehtimol bilan u yana bir yil qoladi va tarix yozishda davom etadi», - deya Lemich so'zlarini keltiradi "Marca".
38 yoshli xorvatiyalikning «Real» bilan amaldagi shartnomasi shu yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Joriy mavsumda Modrich madridliklar safida 43 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yarim himoyachi 2012 yildan beri «Real»da o'ynab kelmoqda.