Ukrainalik darvozaboni Andrey Lunin "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelottiga Tibo Kurtuaning Chempionlar ligasi finalida asosiy tarkibda maydonga tushishiga qanday munosabatda bo'lishini aytdi.
Xabarga ko'ra, Lunin madridliklar ustoziga Kurtuaning mavsumning asosiy o'yinida maydonga tushishi u uchun muammo bo'lmasligini va bu uning "Real" bilan yangi shartnoma imzolash qaroriga ta'sir qilmasligini aytgan.
Avvalroq, Lunin ispan giganti bilan shartnomani 2029 yilning yoziga qadar uzaytirishi haqida ma'lumot paydo bo'lgandi.
Manbaning ta'kidlashicha, "Real Madrid"ning kiyinish xonasida to'liq uyg'unlik mavjud, uni bundan ham yaxshiroq qilib bo'lmaydi va bu Karlo Anchelottining xizmatlari.
Eslatib o'tamiz, Madridning “Real” klubi Chempionlar ligasi finalida Dortmundning “Borussiya” jamoasi bilan o'ynaydi. Uchrashuv 1 iyun kuni bo'lib o'tadi.