Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Tibo Kurtua jiddiy jarohatlardan keyingi holati haqida gapirdi

Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua tizzasidagi ikkita operatsiyadan keyingi holati haqida gapirdi.

.
- Yuklab olish

Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua tizzasidagi ikkita operatsiyadan keyingi holati haqida gapirdi. Belgiyalik futbolchi formasi yanada yaxshilanganiga ishonmoqda.

“Men o'zimni juda yaxshi his qilyapman. Ba'zi odamlar mening qanday qaytishimga shubha qilishlarini tushunaman, lekin men kuchli qaytishimni bilardim. Hali ham o'sha Kurtua yoki undan ham yaxshiroqman. Qattiq ishlashda va yaxshilanishda davom etaman.

Uchta o'yin o'tkazganimdan xursandman. Ikkinchi jarohatdan keyin o'ynashimni bilmasdim. "Kadis"ga qarshi o'ynaganman va ikki marta "Bernabeu"dagi o'yinlardan zavq olganimdan juda xursandman. Juda baxtli odamman va o'zimning eng yaxshi darajamga erishish uchun ishlashda davom etishim kerak", - deya darvozabonning so'zlaridan iqtibos keltiradi "Real" rasmiy sayti.

BestMaster
18 May 2024, 10:00
kurtua, jiddiy, jarohatlardan, keyingi, holati, haqida, gapirdi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 Bellingham_5  
Omad
19 May 2024, 09:59
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads