"Real" yarimhimoyachisi Marko Asensio jamoa bilan yangi shartnoma imzolaganidan xursand ekanini aytdi.
"Bu men uchun juda muhim kun bo'ldi. Buyuk jamoa bilan shartnoma imzolaganimdan faxrlanaman.
Asosiy maqsadim - ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish. Ammo, bilaman, murabbiy hamma futbolchilarga o'yin uchun vaqt berishi kerak.
"Oltin to'p"? Hozircha bu haqda o'ylashga yoshman. Vaqti kelib uni qo'lga kiritishga harakat qilaman" - dedi 21 yoshli futbolchi Marca xabarida.
Eslatib o'tamiz, Asensio "Real" bilan shartnomasini 2023 yilgacha uzaytirdi.