Luka Modrich "Real"da o'ynashni davom ettirmoqchi.
Insayder Fabritsio Romanoning ta'kidlashicha, yarim himoyachi klub rahbariyatini jamoada qolish va yangi shartnoma imzolash istagi haqida xabardor qilgan.
Ta'kidlanishicha, ish haqi hal qiluvchi emas. Xorvatiyalik futbolchi allaqachon boshqa klublardan tushgan ikkita yirik taklifni rad etgan va "Real" bilan munosabatlari qanday rivojlanishini kutmoqda.
Joriy mavsumda 38 yoshli futbolchi La Liganing 30ta uchrashuvida ishtirok etdi va 6ta golli uzatmani amalga oshirdi.