"Real Madrid" va Xorvatiya terma jamoasining eng tajribali yarim himoyachisi Luka Modrich "Los-Blankos" bilan yangi mehnat shartnomasini imzolashga tom ma'noda bir qadam qoldi. Insayder Nikolo Skira o'zining ijtimoiy tarmog'ida bu yangilik bilan bo'lishmoqda.
"Luka "Real Madrid" bilan shartnomasini 2025 yilgacha uzaytirishga yaqin turibdi", - deyiladi Skira postida.
Eslatib o'tamiz, afsonaviy xorvatiyalikning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2023/24 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. "Oltin to'p" sohibi 2012 yilning yozidan beri "Real"da harakat qilmoqda.