Yurgen Klopp "Liverpul" bilan qo'lga kiritilgan chempionlik haqida gapirdi.
"Biz ko'proq g'alaba qozonishimiz mumkinligini bilamiz, lekin men buni o'zgartira olmayman. Biz kamroq g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Bir ochkoga chempion bo'lmaslik yaxshi tajriba emas, lekin bu tajriba. O'sha daqiqalarda men boshqacha harakat qila olmasdim.
Chempionlar ligasida yana ko'p marta g'alaba qozonishimiz mumkin edi. Uchta finalga chiqish - ajoyib yutuq. Finalda mag'lub bo'lish ehtimoli bor edi. "Real Madrid" har doim g'alaba qozonish yo'lini topadi va biz yana urinib ko'rdik.
Agar men ko'proq narsani qila olaman deb o'ylasam, xursand bo'lmasdim. Men ko'proq qila olmadim. Boshqa birov qila oladimi? Balki. Lekin men unday emasman va bu men uchun yaxshi. Odamlar menga baho berishadi va bu ko'pchilikka ma'qul keladi", - dedi "Liverpul" bosh murabbiyi.
Yakshanba kuni "mersisaydliklar" APLning 38-turi doirasida "Vulverxempton"ni qabul qilishadi. Bu o'yin Yurgen Klopp uchun klub boshqaruvidagi so'nggi o'yin bo'ladi.