Florentino Peres birinchi kelganida galaktikos masalasida ikki qattiq xatoga yo'l qo'ygandi: qora mehnat qiladigan oto'yinchini ketkazib, o'rniga pianino chaluvchi yulduzlarni olib kelgan, jamoada dizbalans yuzaga kelgan.
Ikkinchi kelishida ayni shu xatoni takrorlamaslik uchun yulduzlarni tanlaganda ham to'yib qolganlarini emas, ishtiyoqi balandlarini+otdek ishlaydigan yordamchilarni olib kelyapti va ular “Real”dagi balansni ushlab berishyapti.
Xuan Laporta birinchi kelganida uslub, akademiya, murabbiy ishtiyoqi — hamma-hamma yulduzlar bir nuqtada jamlangan, buning oqibatida Kataloniya klubi futbolni ostin-ustun qilib yubordi.
Ikkinchi kelishida o'sha jamlanmish nuqta yo'q, shonli davrni qaytarish uchun xato ketidan xato qilib yotibdi.
Eskilar bekorga aytishmaganda, avvaling xor bo'lsa bo'lsin, oxiring xor bo'lmasin, deb…