"Real Madrid" yarim himoyachilari Luka Modrich va Toni Kroosning kelajagi noaniqligicha qolmoqda, shuning uchun ham munozaralar kutilmoqda.
Ikkala futbolchi bilan ham iyun oyi oxirigacha shartnoma imzolangan va avvalroq Madrid klubi yosh futbolchilarga yo'l ochishni afzal ko'rishi haqida gap ketgandi.
Juma kuni Athletic nashri Modrich va Kroos o'rtasidagi vaziyat haqida material e'lon qildi. Unda "Real Madrid" bu futbolchilar haqidagi qarorini o'zgartirgani ta'kidlangan. O'tgan yozdan beri klub g'oyasiga ko'ra, hech bo'lmaganda ikkilikdan bittasi ketishi kerak.
Negaki, Luka va Toni jamoaning eng ko'p maosh oluvchi futbolchilari ro'yxatida. Ammo hozir "Real" Modrichni ham, Kroosni ham jamoada saqlab qolish haqida o'ylamoqda.