"Real Madrid" Chempionlar ligasi finalida qaysi darvozabon o'ynashini hal qildi.
Jurnalist Xose Luis Sanches El Chiringuito telekanalida xabar berishicha, madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 19 may kuni "Vilyarreal"ga qarshi o'yinda Andrey Luninni, Tibo Kurtua esa 25 may kuni "Betis"ga va 1 iyun kuni Dortmundning "Borussiya"siga qarshi maydonga tushishni rejalashtirgan.
Belgiyalik futbolchi joriy mavsumda uchta o'yinda maydonga tushdi, jumladan, “Real”ning La Ligadagi so'nggi ikki o'yinida.