Madridning “Real” klubi himoyachisi Nacho Fernandes faoliyatini MLS'da davom ettirmoqchi, deb xabar beradi "Relevo".
Xabar qilinishicha, Fernandesning vakillari uning uchun xorij variantlarini qidirmoqda. Ispaniyalik futbolchiga uning yuqori moliyaviy talablari xalaqit berishi mumkin, chunki MLS'da 1 jamoaning bor-yo'g'i 3 nafar futbolchisiga maosh bo'yicha cheklovlar yo'q bo'ladi.
Oldinroq Nacho Fernandes yozda "Real"ni tark etishi xabar qilingandi, u bu mavsumda 42 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.