Angliyaning "Manchester Siti" klubi "Real"ning jismoniy tayyorgarlikka javob beradigan ispaniyalik murabbiyi Antonio Pintusni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Ma'lumotlarga ko'ra, "shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiola shaxsan o'z murabbiylar shtabini "Real Madrid"da jismoniy tayyorgarlikka mas'ul bo'lgan hamda jarohatlar va haddan tashqari zo'riqishlarning oldini olish, shuningdek, chidamlilik va ishlash qobiliyatini oshirishga ixtisoslashgan 61 yoshli Pintus bilan kuchaytirmoqchi. Pintusning ishi hatto NASA'da ham qiziqish uyg'otdi.
Pintusni "Real"ga Zinedin Zidan olib kelgandi. 2019 yilda mutaxassis Italiyaning “Inter” klubiga o'tdi va u erda ikki yil ishladi va Madridga, Karlo Anchelotti yoniga qaytdi.