"Real Madrid" yarim himoyachilari Luka Modrich va Toni Kroosning kelajagi muhokama mavzusi bo'lib qolmoqda.
Chorshanba kuni Marca sahifalarida tajribali futbolchilarning ahvoli haqida material chop etildi.
Unda aytilishicha, Modrich va Kroos hozircha Madrid klubini o'z kelajak rejalari haqida xabardor qilmagan.
"Real Madrid" esa o'z navbatida sabrli. Modrich va Krossning kelajagi bo'yicha yakuniy qaror faqat Chempionlar ligasi finalidan keyin e'lon qilinadi, undan oldin emas.
Shu bilan birga, Modrich va Kroosning shartnomalarini uzaytirish haqiqatan ham bir qancha sabablarga ko'ra so'roq ostida ekanligi qayd etilgan.