Karlo Anchelotti "Real"dan Ferlan Mendi bilan shartnomani uzaytirishini istamoqda.
28 yoshli himoyachi yangi mashg'ulot va dam olish rejimi bilan jarohatlarini kamaytirishga muvaffaq bo'ldi, bu esa klubni shartnomani uzaytirish haqida o'ylashga undadi. Mendining "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilda yakuniga etadi.
Anchelotti futbolchining klubda qolishiga qiziqmoqda. Relevo'ning xabariga ko'ra, sport rahbariyatidan kimdir italiyalikdan himoyachi haqida so'rasa, u xuddi shunday javob beradi: "Men u bilan shartnomani hoziroq yangilagan bo'lardim, chunki u dunyoning eng yaxshi chap qanot himoyachisi".
Madrid klubi va Karlo yana "Bavariya"dan Alfonso Devisga qiziqish bildirmoqda. U chap qanot himoyasi muammosiga uzoq muddatli echim sifatida qaralmoqda. Muammo shundaki, "Bavariya" so'rayotgan transfer narxi - 60-70 million evro atrofida.
Qayd etilishicha, “Real” bosh murabbiyi Fran Garsiyani asosiy tarkib futbolchisi sifatida ko'rmaydi. U yozda vaziyatga qarib ijaraga ketishi yoki sotilishi mumkin.