"Alaves" bosh murabbiyi Luis Garsiya Ispaniya chempionatining 36-turi doirasidagi safarda "Real"dan qabul qilingan dahshatli mag'lubiyat haqida fikr bildirdi. Uchrashuv 5:0 hisobida “qirollik” klubi foydasiga hal bo'ldi.
“Raqib yaxshiroq edi, tamom. Oramizda byudjetda katta farq bor, shuning uchun raqobat qilish qiyin. "Real" chempionatimizdagi eng kuchli jamoa. O'z uyimizda ularga qarshilik ko'rsata oldik, ammo safarda imkoniyatimiz yo'q edi", - deydi mutaxassis.
Ispaniya chempionatining 36-turi natijalariga ko'ra, Garsiya shogirdlari 42 ochko bilan turnir jadvalida 11-o'rinni egallab turibdi.