Markaziy hujumchi Iker Bravo joriy mavsum yakunlanganidan so'ng “Real”ni tark etadi. Ayni paytda 19 yoshli futbolchi “qirollik” klubining yoshlar jamoasida ijara asosida o'ynamoqda.
Bravoning to'liq shartnomasi Leverkuzenning "Bayer" klubiga tegishli. Ikerning "Los-Blankos" bilan shartnomasi shu yilning iyun oyi oxirida tugaydi. Uning transfer narxi 500 ming evroga baholanmoqda.