Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya La ligasining 36-turidan o'rin olgan “Alaves”ga qarshi o'yinda (5:0) qo'lga kiritilgan yirik g'alabadan so'ng jamoasining muvaffaqiyati sirini oshkor qildi.
“Menimcha, bu faoliyatimdagi eng yaxshi mavsum. Bu jamoa muvaffaqiyatining katta qismi hammani to'psiz ishlashga undamoqda. Futbolchilar buni qilishadi”, dedi Anchelotti matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, “Real” Ispaniya chempionatining 36 o'yinida 93 ochko jamg'arib, turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi.