Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Ispaniya La ligasining 36-turida “Alaves”ga qarshi o'yinda (5:0) qo'lga kiritilgan yirik g'alabadan so'ng Dortmundning “Borussiya” klubi bilan bo'ladigan Chempionlar ligasi finali haqida gapirdi.
“Biz Chempionlar ligasi finaliga hozirdanoq tayyorgarlikni boshladik. Kelasi haftada futbolchilarni jismonan, keyingi haftada esa taktik jihatdan tayyorlaymiz. Ammo endi dam olishimiz kerak. Biz bunga loyiqmiz”, - dedi Anchelotti matbuot anjumanida.
“Real” Ispaniya chempionatining 36 o'yinida 93 ochko jamg'arib, turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi.