Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yozda shartnomalari tugaydigan “Los-Blankos” yarim himoyachilari Toni Kroos va Luka Modrichning kelajagi haqida gapirdi.
“Klub Chempionlar ligasi finalidan keyin Kroos va Modrich bilan gaplashadi. Men ularning qolishlarini xohlayman. Menimcha, Kroos “Oltin to'p”ga loyiq, ammo bu sodir bo'ladi deb o'ylamayman. Balki u Chempionlar ligasi va Evro-2024da g'olib chiqsa, imkoniyat paydo bo'lar" – dedi Anchelotti matbuot anjumanida.
Joriy mavsumda barcha turnirlarda 34 yoshli Kroos 46 o'yinda maydonga tushib, bitta gol va 9 golga assistentlik qilgan. 38 yoshli Modrich 43 uchrashuvda 2 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.