Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior Ispaniya chempionatining 37-turidan o'rin olgan “Alaves”ga qarshi o'yin (5:0) yakunlarini sarhisob qildi.
“Men har doim “Real” libosini kiyishni va muxlislar uchun o'ynashni yaxshi ko'raman. Bu klubda o'ynash bolalik orzu edi. Bu g'alaba bu erda bo'lolmaydigan ko'plab bolalar uchundir. Bugun ishonchli g'alabaga qaramay, mavsumning eng muhim o'yini hali oldinda ekanligini tushunib turibmiz. Bu kubok yo'lidagi so'nggi qadam", - deya Vinisius so'zlarini keltiradi Madrid Zone.
Madridning “Real” klubi La Ligada qatorasiga 9-g'alabasini qo'lga kiritdi. Chempionlikni allaqachon taminlagan Karlo Anchelotti shogirdlari ochkolari sonini 93taga etkazib oldi.