Luka Modrich mavsum yakunida “Real”ni tark etadi.
Relevo xabariga ko'ra, Madrid klubi xorvatiyalik yarim himoyachi bilan kutilmagan voqea ro'y bermasa, shartnomani uzaytirmoqchi emas. Qaror deyarli qabul qilindi va yaqin haftalarda e'lon qilinadi.
Qayd etilishicha, Modrichning o'zi ham bu holatdan mamnun emas, Luka faoliyatini "Real"da davom ettirmoqchi va qolish uchun maoshini kamaytirishga tayyor.
Biroq “Los-Blankos” rahbariyati yosh futbolchilarga, xususan, ularning fikricha, xorvatiyalik izidan bora oladigan Arda Gyulerga tayanmoqchi. Ta'kidlanishicha, turkiyalik futbolchi joriy mavsumda Karlo Anchelotti Modrichni zaxiradan ko'proq ishlatgani uchun ko'proq o'yin o'tkaza olmadi.
Bundan tashqari, moliyaviy jihat ham muhimdir. Modrich jamoadagi eng ko'p maosh oluvchi futbolchilardan biri va uning ketishi yozgi transferlar uchun joy bo'shatishga yordam beradi, ayniqsa Kilian Mbappega, agar u erkin agent sifatida kelgan taqdirda ham "Real"ga katta summaga tushadi.
Modrich 2012 yilda "Real"ga o'tgan edi.