«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe Parijda o'tadigan olimpiya o'yinlarida ishtirok etishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
«Vaziyatdan barchaning xabari bor — bu boradagi qarorni men qabul qilmayman. Qanday qaror qabul qilinmasin, men xursand bo'laman.
Men o'ynasam ham, o'ynamasam ham Olimpiada o'tkaziladi. Frantsiya sport mamlakati ekanini va biz butun dunyoga ochiq ekanimizni ko'rsata olishimizni ishonaman», – dedi Mbappe.
Mbappe yozda «Real»ga o'tishi kutilmoqda. Madridliklar esa Evro-2024dan keyin uni olimpiadaga qo'yib yubormoqchi emas.